Toshkentda 11 oy davomida piyodalar tomonidan sodir etilgan YTHlar soni 500 tadan oshdi

00:14 22 Dekabr 2021 Jamiyat
1227 0

2021-yilning 11 oyi davomida poytaxtimizda yoʻl harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan 101 861 ta maʼmuriy bayonnomalar tuzildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, statistik maʼlumotlarga koʻra, poytaxtdagi yoʻl-transport hodisalarining 60 foizi piyodalar bilan bogʻliq. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar IIBB tomonidan piyodalarning transport vositalarini boshqarish vaqtidagi muammolari, ularning xato va kamchiliklari sabablari tahlil qilindi.

Yer osti yoʻli bor joyda ham koʻpchilik yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtishga, piyodalar oʻtish joyidan chiqib, qatnov qismini kesib oʻtishga odatlangan. Shuningdek, koʻpchilik piyodalar svetoforga amal qilmaydi. Bularning barchasi baxtsiz hodisaga sabab boʻlmoqda, – deydi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganov.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 1-yanvaridan 30-noyabriga qadar Toshkent shahrida piyodalar ishtirokida 524 ta YTH qayd etilgan: 32 kishi olgan tan jarohatlari tufayli halok boʻlgan, 487 nafar piyoda turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер