Toshkent viloyatiga prokuror tayinlandi
Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Mirzayev Azamat Egamberdiyevich Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Mirzayev mazkur tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Maʼlumot uchun, 2023-yilning avgust oyidan 2024-yilning sentyabriga qadar Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori boʻlib ishlab kelgan. U Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari lavozimini egallaganidan keyin, soʻnggi yarim yil mobaynida viloyat prokurori lavozimi boʻsh qolayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring