Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida portlash yuz berdi

12:50 17 Aprel 2026 Jamiyat
201 0

Illyustrativ foto

Kecha, 16-aprel kuni Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani, Oʻrta Ovul MFYda joylashgan xonadonda roʻy bergan portlash oqibatida bir oilaning toʻrt aʼzosi halok boʻldi. Bu haqda “Ishonch.uz” xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 1996-yilda tugʻilgan erkak va uning uch nafar farzandi portlashdan soʻng kelib chiqqan yongʻinda halok boʻlgan. Uning turmush oʻrtogʻi hamda onasi ogʻir ahvolda shifoxonada qolmoqda.

“Qoʻshnilarning aytishicha, voqea sodir boʻlgan paytda erkak yaqinlarini qutqarishga uringan. U ayoli va onasini derazadan tashqari chiqarib yuborishga ulgurgan, ammo bolalarini qutqarishga harakat qilgan paytda oʻzi ham halok boʻlgan”, deb yozadi manba.

Qoʻshimcha qilinishicha, voqea joyida tegishli idora va tashkilotlar masʼullari ish olib bormoqda.

Hozircha fojia yuzasidan rasmiy maʼlumot berilganicha yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер