Toshkent viloyatidagi yemakxonada 794,8 mln soʻmlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

19:52 24 Mart 2025 Jamiyat
345 0

Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida 794,8 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Yangiyoʻl tumani boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda fuqarolar A.O. va M.A. “Nurafshon” MFY hududida tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etib, tijorat maqsadida elektr va gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 794,8 mln soʻmlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер