Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi
Joylardagi 18 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻqituvchi va oʻquvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli mazkur maktablarda oʻquv jarayonlari masofaviy olib borilayapti. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Jumladan, Oʻrta Chirchiq tumanidagi 3, 54-sonli maktablar, Boʻka tumanidagi 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Chirchiq shahridagi 8, 9-sonli, Piskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22,51-sonli, Toshkent tumanidagi 9,12,17,18-sonli hamda Olmaliq shahridagi 17-maktab, Nurafshon shahridagi 1-sonli maktablar oʻqish jarayonlarini toʻliq onlayn rejimda olib borishayapti.
Shuningdek, Oʻrta Chirchiq tumanidagi 50-sonli umumtaʼlim maktabining 3 ta sinfi, Boʻka tumanining 6-maktabning 8 ta sinfi va 15-maktabning ham 1 ta sinf, Zangiota tumanidagi 34 sonli umumtaʼlim maktabining 3 ta sinflari karantin rejimiga oʻtkazilgan.
Mazkur maktablarning 30 nafar oʻquvchilari hamda 25 nafar oʻqituvchilarda "Covid 19" kasalligi borligi aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring