Toshkent viloyatida yuk mashinasi yonib ketdi

21:36 11 Mart 2025 Jamiyat
257 0

Videodan kadr

Toshkent viloyati hududidan oʻtuvchi yoʻlda yuk tashuvchi transport vositasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 11-mart kuni soat 18:40 da Toshkent-Vodiy A-373 avtomobil yoʻlining 91 kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk tashuvchi transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.

Yongʻin oʻchirish ekipaji voqea joyiga soat 18:50 da yetib borib, 19:07 da alangani toʻliq oʻchirgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok boʻlganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.

FVBga koʻra, hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер