Toshkent viloyatida “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan 301 mln soʻm kredit mablagʻlari talon-toroj qilindi
Bekobod tumanida 301 mln soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Bekobod filiali, “P.A.” va “U.X.” MCHJ mansabdor shaxslari “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan 301 mln soʻm kredit mablagʻlarini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring