Toshkent viloyatida intellektual oʻyin gʻoliblariga “Damas” sovgʻa qilindi
Ayni kunlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali boʻlib oʻtmoqda.
Festival doirasida “Zakovat bilimdonlari” intellektual oʻyini ham tashkil etilgan va unda Quyi Chirchiq jamoasi gʻolib boʻldi deya xabar bermoqda Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati.
Gʻolib jamoaga “Damas” avtomashinasini viloyat hokimi Davron Hidoyatov topshirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring