Toshkent viloyatida tamaki qutisida giyohvandlik vositalari saqlagan shaxs ushlandi
Giyohvandlik vositalarining bojxona chegaralaridan har qanday usulda kirishga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Yurtimizga oʻtish uchun “Oybek” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “Toyota” rusumli avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, avtoulovning salonida boʻlgan “ESSE CHANGE” nomli tamaki qutisining ichidan, 0.31гр. “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Yana bir holatda, “Oybek” chegara bojxona post orqali yurtimizga qoʻshni mamlakatdan kirib fuqaro shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan shaxsiy koʻrik natijasida, fuqaroning eginidagi kurtkasining ichki qismi choʻntagidan oq qogʻozga oʻralgan 0,18 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring