Toshkent viloyatida “Spark” avtomobilidan “marixuana” topildi

09:34 24 Noyabr 2021 Jamiyat
977 0

Toshkent viloyatida giyohvand moddalar solingan “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatildi, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, 19-noyabr kuni yoʻl-patrul xizmati xodimi “Spark” mashinasini tekshirish maqsadida toʻxtatgan. Planshet qurilmasi yordamida tekshirish chogʻida olti million soʻmdan ortiq qarzdorlik aniqlangan. Avtomashinani koʻzdan kechirish chogʻida besh quti quritilgan giyohvandlik moddasi (marixuana) topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ushlangan shaxs hududiy IIBga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер