Toshkent viloyatida sifatsiz Ai-92 benzini sotilgani aniqlandi
Toshkent viloyatida sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYQShga nisbatan jarima qoʻllanildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “X.” MChJga qarashli AYQShda sotilayotgan Ai-92 markali avtobenzin “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan tegishli tartibda laboratoriya tahlilidan oʻtkazilgan.
Tahlil natijalariga koʻra, Ai-92 markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlangan.
Ushbu shoxobchada realizatsiya qilingan 5 962 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring