Toshkent viloyatida oʻrnatilgan kuzatuv kameralari tufayli yoʻl-transport hodisalari kamaydi

08:08 12 Oktyabr 2021 Jamiyat
1204 0

Toshkent viloyatida oʻrnatilgan kuzatuv kameralari va radarlari sababli tezlik bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari kamaydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, 9 oy mobaynida Oʻzbekistonda jami 6551 ta yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Ularning deyarli 40 foizi tezlikni meʼyoridan oshirish oqibatida yuzaga kelgan. Shuningdek, boshqarma Toshkent viloyatida tezlik bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari soni kamayishi kuzatilayotganini qayd etgan. Bundan tashqari, viloyat hududi boʻylab faoliyat yuritayotgan koʻchma va oʻrnatilgan tezlik radarlari soni 40 taga yaqin ekani maʼlum qilingan.

Taʼkidlanishicha, koʻrilgan choralar natijasida tezlik bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari avvalgi yillarga nisbatan 70 foizdan 49 foizga kamayishiga erishilgan. Viloyat hududida oʻtgan 9 oy davomida jami 856 yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlib, ularning 49 foizi tezlikni meʼyoridan oshirish va katta tezlik bilan bogʻliq holatlarda sodir boʻlgan. Shuningdek, viloyat yoʻllari va yoʻl-patrul xizmati postlarida oʻrnatilgan kameralar orqali 34 transport vositalarni olib qochish bilan bogʻliq jinoyatlar fosh etilgan. 7 ta holatda esa piyodani urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan haydovchilar aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер