Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda ellikta televizor olib ketilayotgan yuk mashinasi toʻxtatildi
“Chinor” oʻtkazish punktida tegishli hujjatlarsiz olib chiqilayotgan texnikalar aniqlandi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent viloyatining Oxangaron tumanida yoʻl-patrul xizmati xodimlari “Kia-Bongo” rusumli yuk mashinasini toʻxtatgan. Yuk mashinasini tintuv qilish chogʻida tegishli hujjatlarsiz 57 ta “QLED-TV” va 100 dan ortiq “Smart-Box”lar topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan texnikalar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlariga topshirildi.
Ikkinchi holat boʻyicha, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX postida xizmat qilayotgan xodim “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasini koʻrikdan oʻtkazish uchun poytaxtga kirib kelayotganda toʻxtatdi.
Tekshiruv davomida avtomashinadan tegishli hujjatlari boʻlmagan 98 quti maishiy texnika vositalari topildi. Haydovchi va u tomonidan olib ketilayotgan tovarlar keyingi chora-tadbirlarni koʻrish uchun Bektemir tumani soliq boshqarmasiga yetkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring