Toshkent viloyatida «migalka» o‘rnatilgan avtomobil haydovchisiga chora ko‘rildi

17:00 03 Yanvar 2024 Jamiyat
706 0

Ijtimoiy tarmoqda «Cobalt» rusumli, 10H 315 BB davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi transport vositasiga ruxsat etilmagan maxsus qurilma (migalka) o‘rnatganligi aks etgan video tarqaldi.

Video Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu «Cobalt» rusumli, 10H 315 BB davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi ushlandi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер