Toshkent viloyatida hokimlik zaxirasidagi 5 gektar yerni sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

13:32 27 Iyun 2025 Jamiyat
351 0

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida hokimlik zaxirasidagi 5 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro A.S.ning Toshkent viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbirda fuqaro B.S. Yuqori Chirchiq tumani “Miyam-Kangli” mahallasida joylashgan hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar yer maydonini 200 ming AQSH dollari evaziga oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib, uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, kelishilgan puldan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер