Toshkent viloyatida fuqaro noqonuniy holda sher bolasi saqlayotganligi maʼlum boʻldi
Toshkent tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimiga Toshkent tuman IIB xodimi tomonidan shu tumanda yashovchi fuqaro oʻzi yashayotgan uy hovlisida Afrika sherining bolasini hech bir xavfsizlik qoidalariga amal qilmay boqishi ushbu yirtqich jonivor bilan bogʻliq holda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻngilsizliklarning oldini olishi boʻyicha murojaat qilinadi.
Maʼlum boʻlishicha, poytaxtda doimiy roʻyxatda turgan, 2004-yilda tugʻilgan fuqaro Afrika sherining bolasini boqayotgani maʼlum boʻldi. Oʻrganishlar davomida fuqarodan ushbu sher bolasini olib kelish, saqlash kabi holatlar boʻyicha kerakli hujjatlar soʻralganda hech qanday hujjatlari yoʻqligini aytib, oʻzining qiziqishi tufayli hovlisida boqishini bildirdi.
Toshkent tumani Ekologiya boʻlimi inspektorlari tomonidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirildi va vaqtincha saqlash uchun sher bolasi “STEPPE TURTLES” f/x pitomnigiga sud qarori qabul qilinguniga qadar topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring