Toshkent viloyatida fuqaro 5 metrlik chuqurlikka tushib ketdi

08:23 22 Noyabr 2024 Jamiyat
277 0

Foto: FVV

Toshkent viloyatida fuqaro hojatxona uchun qazilgan 5 metrlik chuqurlikka tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa viloyatning Boʻstonliq tumani “Yakka tut” mahallasidagi uylarning birida sodir boʻlgan. Bu toʻgʻrisidagi xabar 21-noyabr kuni soat 14:31 da FVBga kelib tushgan.

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan.

Fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaro tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlar nazorati ostida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер