Toshkent viloyatida erkak xayriya qutisini oʼgʼirlamoqchi boʼldi

08:03 27 Dekabr 2021 Jamiyat
1323 0

Toshkent viloyatida xayriya qutisini oʼgʼirlamoqchi boʼlgan shaxs qoʼlga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʼra, 23 dekabrь kuni soat 02:30 da harbiylashtirilgan qoʼriqchilar tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi “Shoabdumalik ota” maqbarasiga tegishli ehson qutisini oʼgʼirlamoqchi boʼlgan shaxs qoʼlga olingan.

Voqea joyiga viloyat IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi chaqirilib, jinoyatchi belgilangan tartibda ashyoviy dalillar bilan birga topshirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер