Toshkent viloyatida fuqaroga toʻrt ming dollar evaziga ayblov hukmini qaytarib olishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

08:25 11 Noyabr 2021 Jamiyat
971 0

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida tadbirkorning 4 ming dollarini oʻzlashtirmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.

Maʼlumotlarga koʻra, qoʻlga olingan shaxs tadbirkorga yengilroq jazo tayinlashda yordam berishini va axloq tuzatish ishlaridan ozod etishini aytgan.

Erkak, shuningdek, ayblov hukmini butunlay olib tashlashga yordam berishini aytib, buning uchun 4 ming dollar talab qildi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari fuqaroni aldov yoʻli bilan pul olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qoʻlga oldi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi ning 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora olish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер