Toshkent viloyatida “daraxtkush”lar tabiatga 412 mln soʻmdan ortiq zarar yetkazdi

13:15 04 Fevral 2025 Jamiyat
310 0

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida shumtol daraxtini kesganlar tabiatga 412 million soʻmdan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyoʻl tumanida oʻtkazilgan navbatdagi ekologik nazorat tadbirida “Madaniyat” MFY hududida 4 tup shumtol (yasin) daraxti kesib tashlangani aniqlangan. Surishtiruvlar natijasida bu ishni Parkent tumanida tugʻilgan, 41 yoshli Oʻ.B. hamda 58 yoshli U.A. tomonidan sodir etgani aniqlangan.

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Hisob-kitoblarga koʻra, bu orqali tabiatga 412 mln soʻmdan ortiq zarar yetkazilgan. Ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand viloyatida fuqaro bir tup chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln soʻm zarar yetkazgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер