Toshkent viloyatida “Damas” toʻliq yonib ketdi
Foto: YHXB
Toshkent viloyati Zangiota tumanida harakatlanib ketayotgan “Damas” butunlay yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 26-avgust kuni soat 15:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Qirguzar MFY Nazarbek temiryoʻli koʻprigi ostida sodir boʻlgan. Turkiston—Toshkent yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan 1990-yilda tugʻilgan U.M. boshqaruvidagi “Damas”ning salon qismida yongʻin kelib chiqqan.
Manbaga koʻra, yongʻin oqibatida avtomobil toʻliq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan va harakat vaqtida avtomobilda yoʻlovchi boʻlmagan.
Ushbu yongʻin tufayli hech qaysi harakat ishtirokchisi sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring