Toshkent viloyatida “Chorvoq” erkin turistik zonasining muammoli hududlari muhokama qilindi

19:26 11 Oktyabr 2023 Jamiyat
652 0

2023-yil 10-oktabr kuni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Avenue Park” mehmonxonasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi koʻmagida Toshkentdagi yashil oʻsish global instituti (GGGI) va Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) tomonidan tashkil etilgan “Strategik ekologik baholash pilot loyihasini (SEB) amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi boʻyicha ikkinchi tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda GGGI, Ekologiya vazirligi, davlat ekologik ekspertiza markazi, Gidrometeorologiya xizmati, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Boʻstonliq tumani hokimligi, NNT va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

“Biz Oʻzbekiston hukumati tomonidan kelgusida foydalanish va muqobil muammolarni hal qilish uchun barqaror rivojlanish metodologiyasini belgilab beradigan tavsiyalarni belgilab oldik, – dedi GGGIning Oʻzbekistondagi vakili Aaron Rassell. – Ushbu tavsiyalar hududga sarmoya kiritishga yordam beradi”.

Tadbirning maqsadi tahliliy hisobotda belgilangan sakkizta barqaror rivojlanish masalalarini tasdiqlash va ularga ustuvor darajada ahamiyat qaratishdir. Bundan tashqari, uchrashuv mintaqaviy manfaatdor tomonlar taqdim etgan qoʻshimcha maʼlumotlarni toʻplashga yordam beradi, bu asosiy tahlil uchun foydalidir.

“Uchrashuv davomida “Chorvoq” ETZda turizmni rivojlantirish, biologik chiqindilar, tabiiy chiqindixonalar va avtomobillar sonini kamaytirish, atmosfera havosining ifloslanishi bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildik, – dedi davlat ekologik ekspertiza markazi boʻlim boshligʻi Durbek Farmonov. – Bizning markazimiz pilot loyiha uchun oʻz tavsiyalarini ishlab chiqmoqda”.

Tadbir doirasida GGGI tomonidan loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisida taqdimot, Ugom-Chotqol milliy bogʻi, Boʻstonliq tumani hokimligi, “Rahnamo servis” MCHJ vakillarining nutqlari va maʼruzalari, muhokamalar va turli obyektlarga tashriflar tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, “Atrof-muhitni strategik ekologik baholashni (SEB) qoʻllab-quvvatlash” loyihasi loyihasi SEB metodologiyasini ishlab chiqishning tegishli bosqichida sanoat siyosati/dasturlarini aniqlashga, SEB tajribasini joriy etishga qaratilgan.

GGGI va manfaatdor tomonlar turizm sohasiga eʼtibor qaratib, Chorvoq” erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari boʻyicha bosh rejaga muvofiq SEB loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqdalar. 22-avgust kuni GGGI tegishli manfaatdor tomonlar bilan birinchi maslahatlashuvni oʻtkazdi va GGGI oraliq hisobotida keltirilgan maʼlumotlarni toʻplab, turizm sohasidagi asosiy vaziyat va barqarorlik borasidagi muammolarini aniqladi.

Ish hajmi toʻgʻrisidagi hisobot tugaganidan soʻng, bosh rejaning SEBini oʻtkazish rejalashtirilgan. Baholash natijalariga koʻra tavsiyalar “Chorvoq” ETZ bosh rejasining keyingi versiyasiga kiritilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер