Toshkent viloyatida amalda bajarilmagan ishlar uchun 670 mln soʻmni oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “А.I.E.” DUK masʼul shaxslari YTT “U.А.” tuzilgan shartnomaga asosan ekskavator xizmatlari ijarasi uchun koʻrsatilgan ishlar bajarilmagan boʻlsada, YTT “U.А.” tomonidan 670 mln soʻmlik ishlar (xizmatlar) bajarilganligi haqida elektron hisob-fakturaga soxta maʼlumotlar kiritilib, oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring