Toshkent viloyatida 454 ta korxonaning hisob raqamiga 671 milliard soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarildi
Foto: Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan norasmiy xodimlarni va haqiqatda toʻlanayotgan ish haqqi jamgʻarmasini legallashtirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha harakatlar rejasi tasdiqlangan.
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabariga koʻra, ushbu rejaga muvofiq joriy yilning oʻtgan davrida Toshkent viloyatida 73 000 taga yaqin norasmiy ishlayotgan xodimlarni aniqlash va yashirin ish oʻrinlarini legallashtirish belgilangan edi.
Natijada byudjetga 66,1 milliard soʻmdan ortiq qoʻshimcha tushum manbasi yaratilib fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirilgan.
Viloyat davlat soliq boshqarmasiga 2021-yil mobaynida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish boʻyicha 1 619 ta korxonadan 1 527,1 milliard soʻmlik (shundan 2021-yil davomida 162 ta eksportyordan 437,5 mlrd. soʻmlik) arizalar kelib tushgan. Shundan, 454 ta korxonaning hisob raqamiga 671,0 milliard soʻm (shundan 2021-yil davomida 110 tasi 210,7 mlrd. soʻm eksportyor) mablagʻlar qaytarib berilgan.
1475 nafar QQS soliq toʻlovchilariga bevosita yordam berib, ularning hisobotlarini toʻgʻrilashga koʻmak berilishi natijasida qoʻshimcha soliq bazasi yaratilib, soliq toʻlovchilar tomonidan byudjetga 330 million soʻmdan ortiq soliq toʻlovlari toʻlab berilgan.
2021-yilda viloyat boʻyicha 3180 ta boʻsh turgan obyektlar aniqlangan. Ularga nisbatan 139,5 milliard soʻmlik taʼsirchan soliq mexanizmlari qoʻllanilgan. 1557 ta obyektning faoliyati tiklanishi natijasida 4382 nafar yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Natijada byudjetga qoʻshimcha ravishda 53,2 milliard soʻmlik mablagʻ kelib tushgan.
Viloyatda 22 ming 593 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari mavjud. Eʼtiborlisi, ularning barchasida “Onlayn” nazorat kassa mashinalari oʻrnatilgan. Bu oʻz-oʻzidan ushbu korxonalarning shaffof va ochiq faoliyat koʻrsatayotganini anglatadi. Aholi bilan naqd pulda hisob kitob qiluvchi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining barchasida onlayn nazorat kassa mashinalari oʻrnatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring