Toshkent viloyatida 417,1 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
Hududlarda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri, Zangiota tumani boʻlimlari va “Zangiotatumangaz” xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi “Madaniyat” hamda “Farobiy” MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Sherobod tumani boʻlimi va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.O. fuqaro U.B.ga tegishli “Qorabogʻ” MFY hududidagi sexga oʻrnatilgan elektr hisoblagichga shikast yetkazib, 186,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring