Toshkent viloyatida 1,5 mingga yaqin noqonuniy dori vositalari savdosining oldi olindi

12:38 05 Avgust 2025 Jamiyat
238 0

Toshkent viloyatida dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsning faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan N.U. fuqarolar B.S. va M.A.ga 1 455 quti xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini 133 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Fargʻona shahridagi avtoturargohdagi avtoturargohda toʻxtab turgan mikroavtobus yonib ketgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер