Toshkent viloyati IIBB xodimi Jahon kubogi oltin medalini qoʻlga kiritdi
Nurafshon shahar IIB profilaktika inspektori leytenant Sardor Usmanov joriy yilning 1-3-sentyabr kunlari taekvondo ITF yoʻnalishida Malayziya davlatining Malaka shahrida boʻlib oʻtgan Jahon kubogi musobaqasida 80+ kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Malayziyada gʻolib sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shuningdek, yana 2 nafar sportchimiz ham oʻz vazn toifasida Jahon kubogi oltin medaliga sazovor boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring