Toshkent viloyati atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etildi: 14 nafar xodimga tanbeh berildi

23:03 17 Dekabr 2021 Jamiyat
2000 0

Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent viloyatida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida Fuqarolar murojaatlariga javob berish qoʻmitasi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Natijada 14 nafar xodimga tanbeh berildi.

Toshkent viloyatida ekologiya sohasidagi masalalarni koʻrib chiqishda tizimli qonunbuzilish holatlari aniqlangan boʻlib, bu birinchi navbatda boshqarma boshligʻining masʼuliyatsizligi hisoblanadi. Bu borada Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi Baxtiyor Joʻrayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hududlar sharoitida eng koʻp fuqarolar murojaatlari Toshkent viloyatiga toʻgʻri keladi. 2021-yilda 710 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning aksariyati oʻz vaqtida hal etilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер