Toshkent tumanidagi 43 mingga yaqin xonadon gazdan uziladi

08:08 30 Oktyabr 2024 Jamiyat
221 0

Toshkent tumanidagi 43 mingga yaqin xonadon va bir qator tashkilotlarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Toshkenttumangaz” maʼlum qildi.

Bildirilishicha, 1-noyabr, juma kuni tumanda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir meʼyorda taʼminlash maqsadida gaz tarmoqlaridagi yozgi diafragmalarni qishki diafragmalarga almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu sababdan hududdagi 42 948 ta xonadon, 610 ta ulgurji tashkilot va 41 ta ijtimoiy soha obyektlarida 1-noyabr kuni soat 8:00 dan 18:00 ga qadar gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtalishi belgilangan.

Aytish joiz, “Toshkenttumangaz” dastlab eʼlon qilgan xabarida ishlar 30-oktyabr kuni amalga oshirilishini yozgandi. Mazkur xabarda gaz taʼminoti 80:00 dan ishlar yakunlanguniga (nomaʼlum muddat) qadar davom etishi qayd etilgan edi.

Iqtisodchi, bloger Otabek Bakirov mazkur xabar yuzasidan rasmiylarga murojaat qilgan. U taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun harorat deyarli nolga yaqinlashadigan kunlar tanlanganining sababini soʻragan.

“Xoʻp, yozgi diafragramani qishkisiga almashtirishmoqchi ekansizlar, shu paytgacha, masalan, oʻtgan hafta, harorat 20 darajadan yuqori kunlarda nima qildinglar? Nega aynan kuzning eng sovuq kunini tanladinglar?” deb yozadi bloger.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер