Toshkent sovrin jamgʻarmasi 5,4 mlrd. soʻm boʻlgan Intellektual olimpiadaga mezbonlik qilmoqda

14:42 20 Dekabr 2023 Iqtisodiyot
359 0

Foto: “Zakovat” Intellektual klubi

“Zakovat” Intellektual olimpiadasi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichida taʼlim olayotgan talabalar oʻrtasida, ikki bosqichda, hududiy saralash va respublika bosqichida oʻtkazilmoqda. Musobaqaning hududiy bosqichida respublikamizdagi 135 ta OTM jamoalari hamda 1080 nafar talaba ishtirok etib, ulardan eng kuchli 50 ta OTM hamda 550 nafar talaba turnirning final bosqichiga yoʻl oldi. Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi Toshkent shahrida joriy yilning 17-dekabr kuni start oldi va 20-dekabrga qadar davom etadi. Bu haqda “Zakovat” Intellektual klubi axborot xizmati xabar berdi.

Respublika bosqichida OTMlar jamoalari 6 ta yoʻnalishda — “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy oʻyin”, shaxmat va shashka oʻyinlari boʻyicha bellashuv olib boradi. Har bir oliy taʼlim muassasasidan intellektual olimpiadada 11 nafar talaba ishtirok etishmoqda.

Turnirning jami sovrin jamgʻarmasi 5 mlrd. 400 million soʻmni tashkil etadi. Shundan 4,5 mlrd. soʻm Prezident sovgʻasi sifatida umumjamoa hisobida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan oliy taʼlim muassasasiga (aynan taʼlim muassasasining oʻziga) topshiriladi (1-oʻrin – 2 mlrd. soʻm; 2-oʻrin – 1,5 mlrd. soʻm; 3-oʻrin — 1 mlrd. soʻm). 900 mln. soʻm esa gʻolib jamoalar aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер