Toshkent shahrining drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd soʻm ajratildi

14:52 24 Oktyabr 2024 Jamiyat
429 0

Kadr: Youtube

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 21-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Toshkent shahrining drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirgan edi.

Oradan bir kun oʻtib, poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqovning 22-oktyabrdagi qarori bilan Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2024-yil III chorak yakunlari boʻyicha orttirib bajarilgan qismi hisobidan shahar drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd soʻm ajratildi.

Qarorda keltirilishicha, pullar yogʻingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bogʻliq holatlarning oldini olish yuzasidan qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga taqsimlanadi.

Shuningdek, hujjatda drenaj tizimi uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2024-yil davomida shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan 20 mlrd 400 mln soʻm ajratilgani taʼkidlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер