Toshkent shahrining ayrim tumanlarida gaz taʼminoti qisman toʻxtatiladi
Poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek, Yangihayot, Sergeli tumanlari gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, 5-yanvar kuni ushbu tumanlarning baʼzi mahalla va koʻchalarida gaz taʼminoti toʻxtatiladi.
Mirzo Ulugʻbek tumanida 14:00 dan 18:00 gacha:
— Shoʻrtepa, Mohlaroyim, Binokor, Jasorat, Uzumzor, Ш.Бурхонов tor, Ш.Бурхонов berk, Oyishaxonim, Turon, Gulnor va Sarbaland koʻchalaridagi 578 ta yerli xonadon
— Ulgurji isteʼmolchilar — 13 ta.
Yangihayot tumanida 14:00 dan 17:00 gacha:
— “Yangi turmush” mahallasi;
— “Green house”TJM da 10 ta koʻp qavatli uy;
— Ulgurji isteʼmolchilar — 1 ta.
Sergeli tumanida 14:00 dan 16:00 gacha:
— “Madadkor” mahallasi;
— “Ziynat” mahallasi;
— Ulgurji isteʼmolchilar — 7 ta.
“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr soʻraydi, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring