Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi mumkin

07:30 07 Mart 2022 Jamiyat
1260 0

Foto: president.uz

Joriy yilning 1-mart kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Mehmon J.Ortiqoʻjayevga qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻzbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu, shubhasiz, davlatlarimiz rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, mart oyining oxirida boʻlib oʻtadigan II-strategik hamkorlik boʻyicha sammit doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdogʻan Oʻzbekistonga tashrif buyurishi kutilayotganini maʼlum qildi.

Suhbat davomida, taraflar Turk maktabini kengaytirish uchun yer maydonini ajratish va Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent koʻchalaridan biriga berishni hamda Toshkentda qurilish bilan shugʻullanayotgan turk kompaniyalarining masalalarini muhokama etdilar.

Jahongir Ortiqxoʻjayev ushbu masalalarning yechimida imkon qadar koʻmak berishga tayyorligini bildirdi. Olgan Bekar ham, oʻz navbatida, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishni vaʼda berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер