Toshkent shahrida qo’shimcha 7 ta yangi avtobus yo’nalishlari tashkil etildi
«Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan yangi o`quv yili boshlanishini inobatga olgan holda 2023-yil 4- sentyabrdan boshlab shaharda quyidagi yettita yangi yo`nalishlar bo`yicha avtobuslar harakati ishga tushirildi.
№3 «TTZ bozor» — «O`nqo`rg`on»;
№127 «Aviasozlar» — «Farhod» bozor;
№144 «Quruvchilar» metro bekati — «Do`stlik-2»;
№157 «Yunusobod» 19-mavze — «Paxtakor» metro bekati;
№159 «TTZ bozor» — «Haydarobod»;
№161 «Erkin» — «Olmazor» metro bekati;
№175 «Madaniyat» — «Yunusobod» dehqon bozori.
Jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo’lovchilar oqimi ortishi sababli, yo’lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, 4-sentyabr kunidan boshlab, Toshkent shahridagi avtobus yo’nalishlari soni 167 taga yetkaziladi hamda kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga oshirildi.
Metropoliten foydalanuvchilariga ko’rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda tirbandlikni kamaytirish maqsadida metro bekatlariga yaqin bo`lgan 31 ta oliy ta`lim muassasalarida ertalabki dars boshlanish vaqtlari turlicha qilib belgilandi.
Yo’lovchilar oqimini nazoratga olish, xizmat sifatini oshirish maqsadida metropolitenning yo`nalishlarida qatnov intervali tig`iz paytlarda qisqardi.
Jumladan:
Chilonzor va Sergeli yo`li - 1.5 -2.5 daqiqa;
O`zbekiston yo`li - 3-4 daqiqa;
Yunusobod yo`li - 5 daqiqa;
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring