Toshkent shahrida qancha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi?
Toshkent shahar statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi boʻlimi mutaxassislarining maʼlumotiga koʻra, shaharda 2020-yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent shahridagi korxonalar tomonidan 38,8 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, 2019-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 95,0 foizni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga toʻgʻri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 70,1 foizga yetdi.
Togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2020-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmida 8,3 trln.soʻm koʻrsatkich qayd etildi.
Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 14,3 trln. soʻmni tashkil etib, bu koʻrsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan 1,5 foizga oʻsgan holda, sanoatdagi jami ulushi 36,9 foizni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring