Toshkent shahrida koʻchalar chetidagi toʻxtash joylari pullik boʻlishi mumkin
Toshkentda shahar markazida yoʻl boʻyidagi avtomatlashtirilgan pullik avtoturargohlarni tashkil etish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi.
Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining markaziy koʻchalarida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 10 ta koʻchada, kelgusida esa talabdan kelib chiqqan holda boshqalarida avtomatlashtirilgan yoʻl chetidagi pullik avtoturargohlar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, yirik bozorlar va savdo markazlari joylashgan koʻchalarda yoʻl chetida pullik avtoturargohlar tashkil etish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring