Toshkent shahrida Germaniyaning KfW byurosi ochiladi

09:02 09 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
973 0

Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi hukumati oʻrtasida Toshkent shahrida Iqtisodiyotni qayta tiklash boʻyicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim joriy yil 2-oktyabrdan kuchga kirdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi xabariga koʻra, mazkur hujjat 2019-yil 24-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Xalqaro shartnoma Germaniya hukumati va KfW bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamkorlik loyihalari va dasturlarini tayyorlash hamda tatbiq qilishda mahalliy byuro orqali koʻmaklashish hamda uni muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan.

Mazkur Bitimni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi masʼul organ etib belgilangan.

Xalqaro shartnomaning toʻliq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, joriy yilning dastlabki 8 oyi yakunlari boʻyicha Germaniya Oʻzbekistonning eng yirik tashqi savdo sheriklari orasida yettinchi oʻrinni egallagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер