Toshkent shahrida futbol munosabati bilan ayrim koʻchalar yopiladi
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston terma jamoalari oʻrtasida futbol uchrashuvi oʻtkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanining ayrim koʻchalarida soat 17:00 dan soat 23:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, Chilonzor va Choʻponota koʻchalari chorrahasidan, Choʻponota koʻchasi boʻylab, Choʻponota — Qatortol koʻchalari kesishgan chorrahasigacha boʻlgan qismi hamda Bunyodkor ikkinchi darajali koʻchasidan — Choʻponota koʻchasigacha boʻlgan qismi soat 17:00 dan soat 23:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring