Toshkent shahrida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Toshkent shahrida 4 ta mashina ishtirokida yoʻl-tarnsport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati voqea yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23-fevral kuni soat 01:30 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasida yuz bergan. Oʻsha kuni “Malibu-2”, “Cobalt”, BYD va “Onix” avtomashinalari oʻzaro toʻqnashib, YTH sodir etgan.
Hodisa oqibatida “Malibu-2” haydovchisi va yoʻlovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring