Toshkent shahri birinchi, Surxondaryo esa oxirgi oʻrinda — qaysi viloyatlar qancha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqargani aytildi

15:09 28 Fevral 2025 Jamiyat
187 0

2024-yilda Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati hajmi 103,7 trillion soʻmni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Maʼlumotlarga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati hajmining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan boʻlib, hududda 2024-yil davomida 18,8 trillion soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Undan keyini oʻrinlarda 15,9 trillion soʻmlik sanoati hajmi bilan Toshkent viloyati ikkinchi, 13,6 trillion soʻmlik koʻrsatkich bilan Samarqand viloyati kuchli uchlikdan oʻrin oldi.

Respublika boʻylab oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoat hajmining eng kam koʻrsatkichlari Surxondaryo (2,2 trillion soʻm) Jizzax (2,6 trillion soʻm) hamda Sirdaryo (3,7 trillion soʻm) viloyatlarida qayd etildi.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4,6 trillion soʻm, Andijon viloyati 5,1 trillion soʻm, Buxoro viloyati 8,1 trillion soʻm, Navoiy viloyati 4,6 trillion soʻm, Namangan viloyati 5 trillion soʻm, Fargʻona viloyati 6,8 trillion soʻm hamda Xorazm viloyati 5,5 trillion soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqargan.

Taʼkidlash joizki, 2024-yil davomidagi bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 foizga oshganligini koʻrish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер