Toshkent shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Kozimjon Hasanov ishdan ketdi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
2020-yil noyabr oyida Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi – Toshkent shahar hokimining taʼlim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi. U mazkur tayinlovga qadar Artel Technical School xususiy maktabi direktori lavozimida ishlagan.
Maʼlumotlarga koʻra, Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ketgan. Uning oʻrniga Islamova Dilfuza Dilshodovna Toshkent shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring