Toshkent shahar IIBB haydovchilarni ogohlantirdi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi haydovchilarga avtomobil boshqarish davomida ob-havo sharoitini inobatga olishni soʻrab, murojaat yoʻlladi.
Unda aytilishicha, kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida yoʻllarda namgarchilik ortadi, natijada avtomobilning toʻxtashi qiyinlashib, yoʻl-transport hodisalariga uchrash ehtimoli oshadi.
“Hurmatli haydovchilar, yomgʻir yogʻayotganda yoʻldagi sharoit sezilarli darajada yomonlashadi. Ob-havo oʻzgarganda koʻnikib qolgan tezligingizni pasaytiring”, — deyiladi boshqarma murojaatida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring