Toshkent shahar bosh imom-xatibi: Ogʻir kunlarda onamiz kabi boʻlgan vatanimizni yolgʻizlatib qoʻymaylik.
Bugun XPKning navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov ham ishtirok etib, oʻz mulohazalarini bildirib oʻtdi:
— Shunday bir kunlarda moʻmin, musulmonchilik vazifalarimizni unutmayotgan ekanmiz, fuqarolik burchimizni ham yoddan chiqarmasligimiz kerak. Ogʻir kunlarda onamiz kabi boʻlgan vatanimizni yolgʻizlatib qoʻymaylik.
...Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlarni oʻqib juda xafa boʻlib ketamiz. Biz bugun oʻz tafakkurimiz doirasida kimnidir haqorat qilyapmiz. Lekin savob ish qilish haqida oʻylamayapmiz ham. Muqaddas oy boʻlmish Ramazonda tilimiz ham haqoratlardan cheklanib roʻza tutsa, tutgan roʻzamizning savobu ajri yuksak boʻlar edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring