Toshkent metrosining yana 9 ta bekatida hojatxonalar paydo boʻladi
Videodan kadr
Poytaxt metrosining yana 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” axborot xizmati xabar berdi.
“Bundan bir muddat oldin poytaxt metropolitenining “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida ona va bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilgan edi. Yoʻlovchilar tomonidan ushbu qulaylik ijobiy qabul qilindi va sinov jarayonlari oʻzini oqladi”, deyiladi xabarda.
Shu bois boshqa bekatlariga nisbatan yoʻlovchilar bilan gavjum boʻlgan yana 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi uchun zarur ishlar amalga oshirilishi boshlanmoqda.
“Xalq soʻzi”ning “Toshkent metropoliteni” axborot xizmatidagi manbasiga koʻra, mazkur qurilishlar aynan qaysi 9 ta bekatda amalga oshirilishi hali aniq emas.
Maʼlumki metropoliten tizimi shahar kanalizatsiya quvurlaridan pastda joylashgan. Bu hojatxonalar ish faoliyatini doimiy taʼminlash va ularni toza saqlashda qoʻshimcha maxsus transport vositalari hamda ishchi kuchini talab qilishini anglatadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring