“Toshkent kuzi“ start oldi(fotoreportaj)
Yaqinda Toshkent shahrida anʼanaviy “Toshkent kuzi” shaxmat turniri start oldi. Mazkur musobaqa Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Xalqaro shaxmat akademiyasi va “Markaziy shaxmat klubi” hamkorligida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.
Bu galgi “aql bahslari“ga mamlakatimizning turli hududlaridan 200 ga yaqin ishtirokchi tashrif buyurdi. Turnir 9 kun davom etadi va 9 turdan iborat.

Yakunda musobaqa gʻoliblari reyting ochkolari bilan birgalikda pul mukofotlariga ham ega boʻladilar.
Ishtirokchilar “A” va “B” guruhlariga boʻlinishgan. “B” guruhida 2006-yilda tugʻilgan yoki 2006-yildan kichik ishtirokchilar bellashsa, “A” guruhida esa reyting ballarini olish imkoniyati mavjud boʻlib, unda yosh chegarasi belgilanmagan.
“A” guruhidagilar uchun har bir partiya yakunigacha 90 daqiqa vaqt beriladi va har bir yurishga 30 soniya qoʻshiladi. “B” guruhida esa partiya soʻngigacha 90 daqiqa beriladi, ammo har bir yurish uchun alohida vaqt qoʻshilmaydi.

Gʻoliblar 23-oktyabr kuni Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida taqdirlanadilar.






Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring