Toshkent xalqaro marafoni oʻtkaziladi
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining uzoq masofalarga yugurish yoʻnalishida ishtirok etadigan asosiy vakillari 12-mart kuni oʻtadigan Toshkent xalqaro marafoniga qizgʻin hozirlik koʻrishmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Shohruh Davlatov Keniyada shugʻullanayotgan boʻlsa, Yekaterina Tunguskova Fargʻonada mashgʻulot oʻtkazyapti. Marina Xmelevskaya esa Toshkentdagi yigʻinni yakunlab, Issiq-Koʻlga yoʻl oldi va tayyorgarlikning qolgan qismini Qirgʻizistonda oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring