Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari va pedagoglari Kolumbiya universitetida malaka oshiradi

13:01 01 Dekabr 2023 Jamiyat
234 0

Shu yil may oyida Cogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyaning AQSHga xizmat safari doirasida dunyoga mashhur Kolumbiya universiteti rahbariyati bilan tibbiy taʼlim boʻyicha qator manfaatli kelishuvlarga erishilgan edi.

Buning amaliy natijasi sifatida mazkur oʻquv yurti dekani, professor Kristian Stoler Toshkent davlat stomatologiya institutiga tashrif buyurdi.

Mehmon dastlab iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislar va professor-oʻqituvchilar bilan davra suhbati oʻtkazdi.

Institut rahbariyati bilan boʻlib uchrashuvda esa bu yerda tahsil olayotgan 30 nafar iqtidorli talaba, 5 nafar doktorant hamda 10 nafar pedagogning akademik almashinuv dasturi boʻyicha Kolumbiya universitetida malaka oshirishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eslatib oʻtamiz, Kolumbiya universiteti jahon reytingida yuqori pogʻonalarni band etib kelmoqda. Qolaversa, u Qoʻshma Shtatlardagi eng yirik tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Oʻquv yurti bitiruvchilari orasidan 104 nafar Nobel mukofoti, 30 nafar davlat rahbari, jumladan, AQSHning toʻrt prezidenti chiqqan.

Jahon farmatsevtika bozorida universitet olimlarining kashfiyot va ixtirolari (artrit, glaukoma, saraton muolajasida qoʻllaniladigan dorilar va nogironligi bor shaxslar uchun protezlar) nom qozongan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер