Toshkent davlat agrar universitetida Navroʻz shodiyonalari

18:19 19 Mart 2025 Jamiyat
212 0

Toshkent davlat agrar universitetida bahor va yangilanish ayyomi – Navroʻz munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” shiori ostidagi bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni universitet rektori, professor Narzullo Oblomuradov ochib, bayram ishtirokchilarini samimiy muborakbod etdi:

“Navroʻz – mehr-oqibat, saxovat va ezgulik ramzi. Bugungi bayramni shunday iliq kayfiyatda qarshi olayotganimiz quvonarli hol. Barchangizni ushbu fayzli kun bilan muborakbod etaman!” – dedi u.

Tadbirda Oʻzbekiston xalq artisti Zamiraxon Suyunova tomonidan “Soʻlim bahor”, “Mushkuldir”, “Bogʻi shamol” kabi kuy va qoʻshiqlar ijro etilib, bayramona ruh baxsh etildi.

Shuningdek, milliy folklor ansambllari tomonidan “Doʻppi tikdim”, “Kim oladiyo”, “Boychechak” kabi milliy qoʻshiqlar ijro etildi. “Agrar yulduzlari” ansambli esa “Shohsitamman” raqsi va “Bahor valsi” milliy ashulalari bilan sahnani goʻzallik va zavqqa toʻldirdi.

Shodiyonaga toʻla ushbu tadbir universitet jamoasi va talabalarga haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер