Toshkent davlat agrar universitetida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʻtarilmoqda
Oʻzbekistonda Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni — “Hosil bayrami” keng nishonlanmoqda. Bugun Samarqand viloyatining Samarqand shahrida ham qishloq xoʻjaligi xodimlari va keng jamoatchilik aʼzolari ishtirokida mazkur bayram keng nishonlandi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, viloyat qishloq xoʻjaligi masʼullari, klaster rahbarlari, fermerlar, tizim tashkilotlari vakillari va sohada faoliyat yuritayotgan koʻplab ishchi-xodimlar, dehqonlar, shuningdek Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ham ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir doirasida Samarqand viloyati hokimi A.Boboyev hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov tomonidan ilmiy, texnik va amaliy hamkorlik qilish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum doirasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish koʻzda tutilmoqda:
Viloyatning agrar sohasini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-amaliy tadbirlarini tashkil etish;
Doktorantlar va magistrlik ilmiy-tadqiqot mavzularini ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiya qilish;
Davra suhbatlari, seminar-treninglar, xalqaro konferensiyalar va boshqa ilmiy tadbirlarni tashkil qilish;

Ijtimoiy daftarlarga, “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarni taʼlim olishiga koʻmaklashish, xorijiy tillarni oʻrgatish, zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini taʼminlash;
Talabalarni ishlab chiqarishda amaliyotini oʻtashni tashkil etish va kelgusida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlik amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring