Toshdan boʻyoq uchun xom ashyo tayyorlanmoqda

10:23 29 May 2020 Iqtisodiyot
901 0

Foto: Zarnews

Jomboy tumanida “B-MAX PLASTIC-GROUP” kompaniyasi qoshida qurilish materiallari ishlab chiqarishga moʻljallangan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi 5 ta korxona faoliyat olib boradi.

“B-MAX BUILDING MATERIALS” korxonasida marmar toshdan 20 turdagi mahsulot tayyorlanadi. Bu yerga xorijiy davlatlardan eng soʻnggi rusumdagi laboratoriya jihozlari hamda tosh maydalash uskunalari keltirilgan. Tayyorlangan mahsulotning asosiy qismi ichki bozorga chiqariladi. Shuningdek, yaqin qoʻshni mamlakatlarga ham eksport qilinadi.

Bundan tashqari ushbu mahsulotlardan kompaniya qoshidagi boshqa korxonalarda xom ashyo sifatida foydalanadi. Masalan, bu yerda toshdan olingan mahsulotlardan biri boʻyoq uchun xom ashyo “B-MAX PAINTS” korxonasida esa ana shu boʻyoqlar ishlab chiqariladi. Bu yerda 60 nafarga yaqin yoshlar mehnat qilmoqda.

— 2019-yil aprel oyidan boshlab mahsulot ishlab chiqara boshladik, - deydi korxona bosh direktori Maʼruf Roʻziyev. — Xorijdan keltirilgan eng soʻnggi rusumdagi uskunalar yordamida suv va alkid smolasi asosida 60 turdagi boʻyoq tayyorlayapmiz. Asosiy xom ashyolardan biri alkid smolasi ham oʻzimizning korxonada ishlab chiqarilmoqda. Korxonada kimyo fanlari doktorlari, magistrantlardan iborat malakali mutaxassislar faoliyat olib boradi.

Korxonada ishlab chiqarishning texnik va texnologik jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha doimiy ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev,

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер